Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi kvotalarning hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
 Andijon – 183;
 Buxoro – 112;
 Jizzax – 81;
 Qashqadaryo – 193;
 Navoiy – 60;
 Namangan – 165;
 Samarqand – 227;
 Surxondaryo – 155;
 Sirdaryo – 50;
 Toshkent viloyati – 177;
 Farg‘ona – 221;
 Xorazm – 110;
 Toshkent shahri – 155.

O‘tgan yillari kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. Joriy yilda 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun umumiy tanlov sifatida beriladi.

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Batafsil va aniq misollar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14979

Eng muhim ma’lumotlar:

 bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
 faqat kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
 ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil