TERDUDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti jamoasi uchun bayramona tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Universitet jamoasining bayram tadbiri viloyatimiz markazidagi “Versal” tantanalar saroyi, “Kazan” va “Lazzat” kafelarida bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbir avvalida universitet rektori A. Toshqulov so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarni ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida universitet jamoasining so‘nggi yillarda erishayotgan yutuqlari, xalqaro miqyosdagi e’tiroflari va qo‘lga kiritilayotgan salmoqli natijalar haqida alohida to‘xtalib, ushbu muvaffaqiyatlar zamirida fidoyi ustozlarning mashaqqatli mehnati, bilim va tajribasi, yuksak mas’uliyati mujassam ekanini ta’kidladi.

Bayram dasturidan o‘rin olgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va ijodiy namoyishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayram shukuhini yanada oshirdi. E’tirof va ehtiromning yana bir ifodasi sifatida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetning professor-o‘qituvchilari, xo‘jalik va texnik xodimlari bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Ustoz — millat kelajagining bunyodkori, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lining yo‘lboshchisidir! Bu bayram TerDU jamoasi qalbida mehr, ehtirom, minnatdorlik va faxr tuyg‘ulari bilan uzoq vaqt yodda qoladigan unutilmas kun bo‘ldi.

Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Oliy ta’lim a’lochisi”

  • 2026-09-29
  • 49

Dastur davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash

Batafsil

TERDUDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT!

  • 2026-09-29
  • 39