Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida 2025–2026-o‘quv yilida universitetni tamomlagan bitiruvchilarning bugungi kundagi bandlik holati fakultetlar kesimida tahlil qilinib, mavjud holat va muammolar atroflicha muhokama qilindi. Abduqodir Toshqulov  ko‘rsatmasiga asosan nafaqat o‘tgan o‘quv yilida, balki so‘nggi uch yil davomida universitetni tamomlagan bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganlik holatini tizimli o‘rganish va doimiy monitoring qilib borish belgilandi. Bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturlari asosida imtiyozli kreditlar olib, o‘z faoliyatini boshlagan bitiruvchi va talabalar faoliyati ham muhokama qilindi. Ularning faoliyatini o‘rganish, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash hamda kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida so‘ndirib borishiga ko‘maklashish maqsadida fakultetlarda ishchi guruhlar tuzish va amaliy qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilandi.

Zero, bitiruvchining tez fursatda munosib va yuqori daromadli ish o‘rniga ega bo‘lishi — universitet ta’limi samaradorligi va uning reytingini belgilovchi muhim mezondir.

Yig‘ilish davomida xorijiy investorlarni jalb qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi ham tahlil qilindi. Ushbu yo‘nalishda faol va yuqori natijalarga erishayotgan fakultetlarning ko‘rsatkichlari alohida e’tirof etilib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar, ijro muddatlari va natijadorlik ko‘rsatkichlari belgilab berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 22

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 27

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 20

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil