Startaplar bo'yicha "Eng yaxshi kreativ g'oya" respublika tanlovining Termiz davlat universiteti bosqichiga start berildi!

❗️Tanlovda universitetning bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga talabalar tomonidan ishlab chiqilgan, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishga, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topishga,
startap loyihani shakllantirish yoki takomillashtirishga yo‘naltirilgan,
innovatsionlik, amaliyotda qo‘llanish imkoniyati va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar qabul qilinadi!

🔆Tanlovning universitet bosqichida 1-2-3-o'rinni egallagan jami 3 nafar startaplar bo'yicha eng yaxshi kreativ g'oya mualliflari tanlovning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi:

🎁Respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritga startap
g'oyalar quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:

🔗1-o‘rin uchun (100 000 000 so‘m);
🔗2-o‘rin uchun  (50 000 000 so‘m);
🔗3-o‘rin uchun(25 000 000 so‘m).

📆Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish 20-sentabrgacha davom etadi!
Tanlov oʻtkazilish sanasi 24-sentabr.

🔗Tanlov to'g'risida batafsil ma'lumot olish uchun
tanlov nizomi  bilan tanishishingiz mumkin.

🔗Startaplar bo'yicha "Eng yaxshi kreativ g'oya" respublika tanlovining baholash me'zonlari

➡️Tanlovda ishtirok etish:
📱@Erkinmengniyozov
📱+998919034050

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 22

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 27

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 20

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil