Termiz davlat universitetida Xorijiy filologiya fakultetining 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, universitet Yoshlar yetakchisi, fakultet rahbariyati va tyutorlar ishtirok etdi.

Muloqotda ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
.jpg)