TerDU olimining innovatsion ishlanmasi Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada!

Malayziyaning Selangor shtatida MAHA-2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘tkazilyapti. Quvonarlisi, ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston ilk bor qatnashmoqda. Ko‘rgazmada Termiz davlat universiteti olimlarining mahsuloti ham joy olgan.

😊 Innovatsion gidrogel mahsulotiga mahalliy aholi va xorijiy mutaxassislar tomonidan juda katta qiziqish bildirilmoqda.

🟢Ushbu foydali mahsulot — TerDU professori Bahodir Xolnazarov hamda uning jamoasi tomonidan yaratilgan.

❓Gidrogelning qanday afzalliklari bor?

🟢Gidrogel o‘z og‘irligidan 300–400 baravar ko‘p suvni yutadi va uni asta-sekino‘simlik ildizlariga beradi.
🟢Bunda sug‘orish soni  2-3 baravarga kamayadi natijada suv sarfi 35-40% gacha tejaladi;

🟢tuproqda namlik barqaror saqlangani sababli o‘simliklar stresssiz o‘sadi vahosildorligini 20-25% gacha oshiradi;
🟢gidrogel mineral o‘g‘itlarni tuproqning unumdor qatlamida saqlab, ularni asta-sekin ildizga yetkazadi, natijada o‘g‘it isrofi 30-35% gacha kamaytiradi;

🟢 yangi ekilgan o‘simliklar uchun qulay muhit yaratadi va ildiz tizimining tezrivojlanishiga yordam beradi.

🟢Ushbu xalqaro ishtirok Surxondaryoda yaratilgan innovatsion mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish va yangi hamkorlar topish uchun qulay imkoniyatdir.

🟢Yosh professorimiz Bahodir Xolnazarov hamda uning jamoasiga keyingi ilmiy izlanishlarida ham omad tilaymiz!

🟢TerDU — ilm-fan va innovatsiyalar maskani!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Yangi sahifa, yangi orzular va unutilmas lahzalar: Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili start oldi!

  • 2026-09-07
  • 27

Bugun Termiz davlat universiteti hovlisi har doimgidan ham gavjum, har doimgidan ham quvonchli va hayajonga boy. Chunki bugun minglab yoshlarning hayotida yangi va eng mas’uliyatli bosqich — talabalik davri boshlandi!

Batafsil

“MUSTAQILLIK KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

  • 2026-09-05
  • 27

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Batafsil

TerDU olimining innovatsion ishlanmasi Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada!

  • 2026-09-05
  • 23

Malayziyaning Selangor shtatida MAHA-2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘tkazilyapti. Quvonarlisi, ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston ilk bor qatnashmoqda. Ko‘rgazmada Termiz davlat universiteti olimlarining mahsuloti ham joy olgan.

Batafsil