TerDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

Termiz davlat universitetida 1-bosqich talabalarining universitet muhitiga moslashuvini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.

Navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Obidjon Shofiyev Tabiiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda talabalik davrida sifatli bilim olish, mustaqil izlanish va oʻz ustida ishlash, universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ichki tartib-qoidalarga rioya etish hamda jamoat ishlarida faol va tashabbuskor boʻlish xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, talabalarga universitetdagi ilmiy va ijodiy toʻgaraklar, klublar, madaniy-maʼrifiy va sport loyihalari, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.\

Ochiq muloqot davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va fikrlarini bildirdilar.

“Tanishtiruv haftaligi” doirasidagi bunday uchrashuvlar 1-bosqich talabalarining yangi muhitga tez moslashishi, universitet hayotida oʻz oʻrnini topishi va talabalikning ilk kunlaridanoq aniq maqsadlar bilan harakat qilishiga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

  • 2026-09-10
  • 13

Termiz davlat universitetida 1-bosqich talabalarining universitet muhitiga moslashuvini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.

Batafsil

TERDU TALABASI — O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI!

  • 2026-09-09
  • 13

Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqassida Termiz davlat universiteti talabasi Ibragimov Komiljon og‘ir atletika bo‘yicha -60 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Batafsil

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR SARI!

  • 2026-09-09
  • 14

Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Uzakova Nodira hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor Allanazarova Saltanat ishtirokida talaba-qizlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil