“Paxtaoy” maskanida yirik bunyodkorlik ishlari boshlandi

Bugun Termiz tumani Sabzipoya mahallasida joylashgan, Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida yirik bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga start berildi

 “Paxtaoy” hududida TerDU kasaba uyushmasi bog‘i va sanatoriy-oromgohi, shuningdek, oilaviy dam olish maskanlari, sport zonalari, bolalar uchun hordiq chiqarish hududlari hamda yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bugungi jarayonlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, sanatoriy-oromgohi qurilishiga start berdi. Rektorimiz tomonidan hududda amalga oshiriladigan loyihalar, xususan, yordamchi xo‘jaliklarni yo‘lga qo‘yish, maskan hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va uning betakror tabiiy muhitini yanada boyitish borasidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Taomilga ko‘ra ezgu ishlar oldidan duoga qo‘l ochilib, bunyodkorlik ishlarining xayrli va barakali bo‘lishi, maskanning el-yurt uchun manfaatli manzilga aylanishi haqida ezgu tilaklar bildirildi.

“Paxtaoy” — endilikda nafaqat dam olish maskani, balki tabiat, ta’lim, sog‘lomlashtirish va bunyodkorlik uyg‘unlashgan zamonaviy maskanga aylanmoqda!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 22

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 27

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 20

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil