Rektor Xo‘jamayxona bulog‘i oqimidan samarali foydalanish maqsadida Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mikro-GES qurulishi bilan tanishdi.

Jarayonda mas’ullarga loyihani belgilangan muddatda yakunlab, obyektni Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur mikro-GES 500 kVt quvvatga ega bo‘lib, yiliga o‘rtacha 3,56 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Loyiha ishga tushirilishi natijasida Darband o‘quv-amaliyot bazasining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanib, hududda elektromobillarni quvvatlash shoxobchasini tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
