Termiz davlat universitetida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan samarali foydalanish maqsadida elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Universitet rektori mazkur yo‘nalishdagi imkoniyatlarni o‘rganib, elektr energiyasini elektromobillarni quvvatlash orqali sotishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Jarayonda olinayotgan daromadga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘proq iqtisodiy samara berishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari uchun elektromobillarni quvvatlash shoxobchasidan imtiyozli foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.