Tashrif davomida talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda bu borada tashkil etilgan shtab faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Maʼlumot oʼrnida Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida jami 4070 o‘rinli talabalar turar joylari hozirlanmoqda.
Mazkur o‘rinlar yangi o‘quv yilida talabalarning turar joyga bo‘lgan mavjud ehtiyojini to‘liq qoplash imkonini beradi.
Bu esa talabalarni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash bilan birga, davlat budjeti hisobidan qoplab beriladigan ijara to‘lovlariga ehtiyoj qolmasligiga xizmat qiladi.
Rektor tomonidan talabalar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.