Termiz davlat universiteti REGISTRATOR OFISI faoliyatining yil sarhisobi!

2025–yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar:
✅ 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan 4 607 nafar talabalar HEMIS AT tizimiga kiritildi.
✅ 15 044 nafar talabalarga to‘lov-kontrakt shartnomalari shakllantirildi va shartnoma olishda ko'maklashildi.
✅ 745 ta akademik guruhlar uchun dars jadvallari shakllantirildi.
✅ 4 171 nafar talabalarga kredit-modul bo'yicha shartnomalar rasmiylashtirildi.
✅ HEMIS AT orqali 2 593 nafar talabalarga stipendiya tayinlash buyrug'i rasmiylashtirildi.
✅ 3 513 nafar talabalarga Talabalar turar joylariga joylashish uchun to'lov shartnomalari taqdim etildi.
✅ 1-kursga tavsiya etilgan va o‘qishini ko‘chirib kelgan 6 298 nafar talabalarning tegishli hujjatlari qabul qilindi.
✅ 2 020 nafar talabalarga akademik ma’lumotnoma (transkript) taqdim etildi.
✅ 4 675 nafar talabalar uchun diplom va ilovalar shakllantirildi hamda taqdim etildi. 
✅ Akademik mobillik bo'yicha 28 nafar talabalarning tegishli hujjatlari rasmiylashtirildi.
✅ 2 780 nafar talabalarning qayta o‘qish jarayonlari registrator ofisining qaytaoqish.tersu.uz platformasi orqali tashkil etildi.
✅ 19 000 nafarga yaqin kutaztuvchisiga ega bo'lgan TerDU Registrator ofisi rasmiy telegram kanali orqali ta'lim tizmiga oid islohotlar, o'quv jarayonlari va ilmiy-innovatsion faoliyat bo'yicha zaruriy ma'lumotlar berib borilmoqda.
✅ Talabalarning vaqtlarni tejash, ortiqcha sarf-harajatlarni oldini olish, raqamlashtish va sun'iy intellektdan unumli foyalangan holda talabalar murojaatlariga tez va aniq javob berish maqsadida registrator ofisining onlayn telegram boti ishga tushirildi.
✅ Elektron navbat tizimi orqali 8 300 nafar talabalarga tegishli xizmatlar ko'rsatildi. 

🌎 Xalqaro va ilmiy-innovatsion faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
✅️ Work and Travel dasturi doirasida 125 nafar talabalarning tegishli hujjatlari rasmiylashtirildi.
✅️ 28 nafar xorijiy talabalarning VISA hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko'maklashildi. 
✅️ 800 nafarga yaqin kuzatuvchisiga ega bo'lgan TerDU iqtidorli talabalari telegram kanali orqali xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va innovatsion yangiliklar, loyihalar, grantlar, stipendiyalar haqida ma'lumotlar berib borilmoqda.
✅️ Universitet stipendiyasi g‘oliblari bo‘lgan 38 nafar talabaga sertifikatlar taqdim etildi va tegishli buyruq rasmiylashtirildi.
✅️ Nomli davlat stipendiyasi va Prezident stipendiyasiga nomzodlik uchun 100 nafarga yaqin talabalarning tegishli hujjatlari rasmiylashtirilib, universitet ishchi guruhiga taqdim etildi.

📊 Murojaatlar statistikasi:
✔️ 2024/2025-o‘quv yilida 16 940 ta (onlayn va oflayn) murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularga tegishli tartibda yechimlar berilgan va xizmatlar ko'rsatilgan.
✔️ 2025/2026-o‘quv yilida (hozirgi kunga qadar) 10 158 ta (onlayn va oflayn) murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularga kerakli yechimlar berilib, tegishli xizmatlar ko'rsatilmoqda.

⌨️ Raqamlashtirish va sun'iy intellekt bo'yicha amalga oshirilgan ishlar:
✅ O‘quv rejalarni raqamli shakllantirish va yuritish; professor-o‘qituvchilar yuklamalarini avtomatik hisoblash; shaxsiy ish rejalarni elektron tizimda yuritish; fanlar farqini aniqlash va GPA ballarini avtomatik hisoblash; buyruqlarni elektron shaklda shakllantirish va nazorat qilish; talaba hujjatlari yig‘imini raqamlashtirish va arxivlash; talabalarning onlayn murojaatlarini tezkor qabul qilish va tahlil qilish; nomenklatura hujjatlarini yuritish; statistik va tahliliy ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etish ishlari Registrator ofisining registrator.tersu.uz platformasi orqali markazlashgan holda amalga oshirib kelinmoqda. 
✅ Registrator ofisi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan raqamli platformalarni boshqa OTTlariga sotish (tijoratlashtirish) orqali universitet byudjetiga 120 million so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ tushirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil