DIQQAT, EʼLON!

🔔Masofaviy taʻlim shaklida tahsil olayotgan universitet talabalari diqqatiga!   

Universitetga 2025/2026-oʻquv yilida 
🟢Amaliy matematika
🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari
🟢Dasturiy injiniring
🟢Ijtimoiy ish
🟢Kutubxona-axborot faoliyati
🟢Jurnalistika
🟢Kompyuter injiniringi
🟢Kompyuter lingvistikasi
🟢Bank ishi
🟢Buxgalteriya hisobi
🟢Iqtisodiyot
🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🟢Turizm va mehmondoʻstlik
🟢Tarix
🟢Psixologiya
🟢Yurisprudensiya yoʻnalishlariga masofaviy taʼlim shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun kuzgi semestri uchun attestatsiya (fanlardan yakuniy nazoratlar) haftaligi 2026-yil 12-yanvardan 24-yanvargacha etib belgilanganligini maʼlum qilamiz.

Shu munosabat bilan, talabalarning mazkur kunlarda universitetga anʻanaviy (offlayn) shaklda oʻtkaziladigan yakuniy nazoratlar haftaligida shaxsan va tayyor holatda ishtirok etishlari soʻraladi.

🟢Eslatma: Attestatsiya haftaligida (yakuniy nazorat imtihonlari)da talabalarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan (pasport yoki ID karta) kelishi soʻraladi.

👨‍💻Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun oʻzingiz tahsil olayotgan fakultet menejerlariga murojaat qilishingiz soʻraladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil