Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 11:00 da Termiz shahridagi San’at saroyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tadi. Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olim hamda kinorejissyorlar ishtirok etadi.

Shu kuni soat 16:00 da Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida Erkin A’zam ssenariysi asosida suratga olingan “Bahorni quvib” kinofilmining premerasi namoyish etiladi.
Barchangizni tadbirlarga taklif etamiz!