DIQQAT‼️

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov summasini (kamida 50%) oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

Termiz davlat universiteti to‘lov-kontrakt shartnoma shartlarining 50% ini amalga oshirgan abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘ngi muddati 31 dekabr kuni etib belgilanligini ma’lum qiladi va to‘lov-shartnoma shartlarini 31 dekabr sanasidan keyin amalga oshirgan abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish bo‘yicha rasmiylashtirishni amalga oshirmasligini eslatib o’tadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 40

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 48

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 42

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil