“Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvchi, ijodkor, iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyat!

Tanlovning maqsadi:
Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;
Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish;
O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish.
Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kishilik jamoalar yoki yakka ishtirokchilar qatnashishi mumkin. 

Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lgan va muallifning o‘zi videoning kamida 60–70% qismida ko‘ringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – 15 million so‘m
2-o‘rin –12 million so‘m
3-o‘rin – 10 million so‘m
4-o‘rin – 8 million so‘m
5-o‘rin – 5 million so‘m

Tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari o‘zi tahsil olayotgan ta’lim tashkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil