“TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi endi Surxondaryoda!

2-oktabr kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining katta majlislar zalida soat 14:00 da “TalabaExpo-2025” kasb ko’rgazmasi ochilish marosimi o‘tkaziladi.

3-oktabr kuni Bobur nomidagi istirohat bog‘ida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan TalabaExpo – 2025 ko‘rgazmasi bitiruvchi talabalarning ishga joylashishiga real imkoniyat yaratadi.

Ko‘rgazmada quyidagilar taqdim etiladi:
100 dan ortiq ish beruvchilar;
4449 ta bo‘sh ish o‘rinlari;
Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalardan o’tish imkoniyati.

Tashkilotchilar:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
“Oʻzmilliybank” AJ;
Savdo-sanoat palatasi;
Surxondaryo viloyati hokimligi;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Yoshlar ishlari agentligi.

Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
“Talaba – kelajak” muloqotlari;
Seminar va treninglar;
Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
Imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar;
Madaniy shou va musiqiy dasturlar.

Potensial ish beruvchilar bilan tanishish va muvaffaqiyatli professional karyerangiz sari ilk qadamni qo‘yish uchun ko‘rgazmaga tashrif buyuring!

Manzil: Termiz shahridagi Bobur nomidagi istirohat bog'i

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil