Talabalar uchun yangi imkoniyat !
Hurmatli bitiruvchi talabalar! O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtidorli va tashabbuskor talabalarni rag‘batlantirish hamda ularning bank ishi, moliya, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus stipendiya dasturini amalga oshirmoqda.
Dasturda quyidagi ta'lim yo'nalishlari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Bakalavriat (so‘nggi bosqich):
Iqtisodiyot
Bank ishi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Buxgalteriya va audit
Amaliy matematika
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Magistratura (so‘nggi bosqich):
Iqtisodiyot
Moliya
Buxgalteriya hisobi
Amaliy matematika
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
Stipendiya miqdori: Belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 3 baravari. Stipendiatlar tanlov asosida saralab olinadi hamda Markaziy bankning tegishli bo‘linmalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Talablar:
So‘nggi o‘quv yili yakuniga ko‘ra yuqori reyting;
Davlat tilini mukammal egallash;
Rus va ingliz tillarini kamida B2 darajada bilish.
Tanlov tartibi:
Ro‘yxatdan o‘tish: 14-sentyabrga qadar @cbu_stipendiya_bot orqali.
Birinchi bosqich: 15 sentyabr, soat 10:00 da onlayn test:
Iqtisodiyot, Bank ishi, Moliya, Buxgalteriya yo‘nalish va mutaxassisliklari – Iqtisodiyot fakulteti binosida
Amaliy matematika, kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, axborot tizimlari va texnologiyalari, kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti yo‘nalish va mutaxassisliklari – Axborot texnologiyalari fakulteti binosida
Ikkinchi bosqich: 16 sentyabr, soat 11:00 da Google Meet orqali xorijiy til suhbati.
Uchinchi bosqich: 19 sentyabr kuni ekspert guruhi bilan suhbat.
Ustuvorlik mezonlari:
ACCA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
Big Data bilan ishlash ko‘nikmasi;
IELTS 7.0 va undan yuqori ball;
Xalqaro/respublika olimpiadalari g‘olibi yoki sovrindori bo‘lish.
Eslatma! Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi – 14 sentyabr.
Ushbu tanlov g‘oliblari o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarida banklarda amaliyotda bo‘lishadi, stipendiya va oylik maosh bilan ta’minlanadi. Eng muhimi, talabaning amaliyot davrida faollikligiga qarab ishda olib qolinishi rejalashtirilgan