O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning bazaviy to‘lov-kontrakt mablag‘lari davlat hisobidan to‘liq qoplab beriladi.
Qaysi toifadagi talabalar ariza berishlari mumkin?
a) kam ta’minlangan oila yoki kambag‘al oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila, kambag‘al oila deganda «Kambag‘al oilalar reyestri» axborot moduli orqali kambag‘al oila deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Ariza berish tartibi: • Davlat test markazi imtihonlaridan keyin davlat OTMiga bazaviy kontrakt asosida qabul qilingan yoki 2–4 kurslarda tahsil olayotgan xotin-qizlar.
Ijtimoiy holat haqidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali avtomatik ravishda olinadi. Arizalar va tegishli hujjatlar joriy yilning 9-sentyabriga qadar (shu kuni ham) fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.