DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi (kechki ta’lim shakli) bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya” (kechki ta’lim shakli) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun 2025-yil 26-avgust kuni soat 12:30 da Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyatidagi binosida test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar 2025-yilning 26-avgust kuni soat 12:30 dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (pasport yoki ID karta) asli bilan test sinovlariga yetib kelishlari so‘raladi.

Ro'yxatda bor ammo test sinovlari uchun belgilangan to'lovni amalga oshirmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Manzil: Termiz shahri Tinchlik mahallasi Shodiyona ko'chasi 1a-uy (Mo'ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni) 

Test o‘tkaziladigan hudud joylashuvi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil