Diqqat e'lon

Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4,00 va undan yuqori bo‘lgan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi talabalar 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan granti tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan toifadagi talabalar 2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,30 dan 4,00 gacha bo‘lganda, ularning 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan qismini universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadigan grant tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Talabgorlar https://grant.tersu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 10-avgustdan keyin murojaat qilgan talabalar tanlovida ishtirok eta olmaydi.

Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa fakultet yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil