DIQQAT, EʼLON!

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga  ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi  talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;

2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;

3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil