DIQQAT, EʼLON!

Abituriyentning telefon raqami kuyib ketgan yoki almashgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

JAVOB: Bilimlarni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlariga uchrashish kerak.

Agar abituriyentning ro‘yxatdan o‘tishda ishlatgan telefon raqami kuyib ketgan, yo‘qolgan, o‘zgargan bo‘lsa hamda eski raqamini qayta tiklashning imkoni bo‘lmayotgan bo‘lsa, unda unda yo‘nalish tanlash huquqidan foydalana olmay qoladi. Chunki yo‘nalish tanlagandan keyin uni tasdiqlash uchun SMS-kodni kiritish talab etiladi.

Bunday vaziyatdagi yechim — Bilimlarni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlariga abituriyentning shaxsan o‘zi ID-karta yoki pasporti bilan borib, murojaat qilishi kerak. Shunda agentlik xodimlari shaxsiy kabinetiga ulangan telefon raqamni boshqa faol raqamga almashtirib berishadi.

@mandatjavobbot  orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil