DIQQAT, EʼLON!

“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA

“REKTOR KUBOGI” ONLAYN TANLOVLARIGA START BERILDI!

Hurmatli talabalar!

Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 17- iyuldagi 124-U-sonli buyrug’i asosida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida “Rektor kubogi” onlayn tanlovlari e’lon qilinadi.

Tanlovning asosiy maqsadlari:

Talabalar o‘rtasida kitobxonlik, vatanparvarlik va estetik didni shakllantirish;

Yozgi ta’tilni samarali va ijodiy ruhda o‘tkazish;

Yoshlarning fikrlash madaniyatini rivojlantirish va o‘z iqtidorini namoyon etish imkonini yaratish.

Tanlov yo‘nalishlari va tavsifi:

1 “Bir haftada – bir kitob”

O‘qilgan asar yuzasidan 2–3 daqiqalik video-sharh tayyorlanadi.

Asarning tushunilishi

Fikrlar izchilligi, til madaniyati

Video sifati va kreativlik asosida baholanadi.

2 “Mening O‘zbekistonim”

Yurt tarixiga, tabiati yoki taraqqiyotiga bag‘ishlangan 1–3 daqiqalik videorolik.

G‘oya va mazmun,

Vatanparvarlik ruhi,

Montaj sifati e’tiborga olinadi.

3 “Men sevgan asar”

Sevimli adabiy asaringizga oid tahliliy, shaxsiy taassurotlarga boy videorolik.

Asarga yondashuv,

Ifoda uslubi,

Kreativlik mezonlar asosida baholanadi.

Tanlov shartlari:

Tanlovda Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lgan har bir yosh ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.

Har bir ishtirokchi bitta yo‘nalishda qatnashishi mumkin.

Ishlar elektron shaklda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga yuboriladi.

Ariza va ishlarni topshirish muddati: 2025-yil 20-avgustgacha.

G‘oliblarni mukofotlash tartibi:

1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 4 baravari;

2-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 3 baravari;

3-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 baravari.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 33

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil