Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish boʼyicha metodik talablar belgilandi.

Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma — grant.tersu.uz ishlab chiqildi.

Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 33

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil