Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:

Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,

Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.

Shuningdek:

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,

Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,

Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.

Qabul parametrlarining taqsimoti:

Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,

Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,

Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.

Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.

Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.

BATAFSIL

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Hamkorlik – ta’limda sifat va taraqqiyot garovi

  • 2025-09-30
  • 11

Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil

“Sizga ta’zim ustozlar”

  • 2025-09-30
  • 14

Bugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi

Batafsil

Bugun Termiz davlat universitetining barcha talabalar turar joylarida chinakam bayramona kayfiyat hukm surdi

  • 2025-09-29
  • 34

Mohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.

Batafsil