DIQQAT, EʼLON!

Texnikum bitiruvchilari ta’limni suhbat asosida TerDUda davom ettirishlari mumkin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga, jumladan Termiz davlat universitetiga, kirish imtihonlarisiz, suhbat asosida qabul qilinmoqda.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Quyidagi mezonlarga mos keluvchi texnikum bitiruvchilari:

Butun o'qishi davrida faqat “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” baholar olganlar;

Umumiy fanlardan kamida 50% (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — kamida 85%) “5 (a’lo)” bahoga ega bo‘lganlar.

Qabul tartibi qanday?

Bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi;

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.

Qaysi texnikum va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari TerDUda tahsilni davom ettirishi mumkin?

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali oling:

Texnikum bitiruvchilari uchun muhim 

Murojaat uchun tel: +998999392022

Fursatdan unumli foydalaning — Termiz davlat universiteti sizni kutmoqda!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 33

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil