XALQARO INNOVATSIYA TANLOVI – CICSIC 2025
Xitoyda o‘zingizni innovator sifatida namoyish eting!
Xitoy xalqaro talabalar innovatsion tanlovi (CICSIC) 2025-yilgi bosqichiga ro‘yxatga olish boshlandi!
150dan ortiq mamlakatdan 130 000+ ishtirokchilarga mezbonlik qiladigan eng yirik global tanlovlardan biri!
Final bosqichi joyi: Chjenchjou shahri, Xitoy
Ro‘yxatga olish: 2025-yil 19-iyun – 15-iyul
Ishtirok etish shartlari:
2–15 kishilik jamoa;
35 yoshdan kichik talabalar (yoki so‘nggi 5 yilda bitirganlar);
Idea yoki Startup bosqichida bo‘lishi kerak;
Mukofotlar:
500 ta loyiha finalga chiqadi.
Shundan 150 tasi Xitoyda bo‘ladigan final bosqichida qatnashadi.
Kerakli materiallar:
Loyihani PDF yoki PPT formatida topshiring. Qo‘shimcha hujjatlar: 1 daqiqalik video (ixtiyoriy).
Har bir jamoa a’zosi – talabalik guvohnomasi yoki diplom nusxasini topshirishi kerak. Mentor bo‘lsa, uning ma’lumotlari ham kiritiladi.
Barcha materiallar ingliz yoki xitoy tilida bo‘lishi shart.
Batafsil: bu yerda
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998919109696
O‘z g‘oyangizni global miqyosda namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Do‘stlaringiz bilan ulashing va jamoa tuzing!