Diqqat e'lon

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining 2025-yil 3-iyundagi 1-son qaroriga muvofiq, nufuzli xorijiy universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilinadi.

Ajratilgan o‘rinlar soni:

Bakalavriat: 130 ta

Magistratura: 220 ta

Doktorantura: 100 ta

Jami: 450 ta o‘rin

Ustuvor yo‘nalishlar:

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlarga ustuvorlik beriladi:

STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika)

Iqtisodiyotning drayver sohalari (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari)

Davlat boshqaruvi, tibbiyot, ta’lim va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlar

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 3-iyundan 16-iyungacha

Online platforma orqali: https://el-yurt.uz

Kerakli hujjatlar:

Jamgʻarma Ijrochi direktori nomiga ariza

Letter of Acceptance (xorijiy taʼlim muassasasidan qabul xati)

Mehnat daftarchasi nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)

Attestat yoki diplom nusxasi

Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat

Motivatsion insho

Boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

Tanlov haqida barcha yangiliklar bilan https://eyuf.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

(71) 203-00-47, (71) 203-00-49

Telegram: @Eyufmatbuot

Jamg'armaga hujjat topshirgan nomzodlar xalqaro aloqalar bo'limiga: Telegram orqali: @azmannu (Aziza Mamadiyorova)

+998945177770 bog‘lanishlari so'raladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 35

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil