Diqqat e'lon

Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan izlanuvchan, bilimga chanqoq talabalar uchun yana bir imkoniyat!

2025/2026-oʻquv yilida "Universitet stipendiyasi" g'olibi bo'lishni istaysizmi? Unda hoziroq quyidagi hujjatlarni shakllantirishga kirishing.

Maʼlumotnoma;

Kafedra va fakultet tavsiyanomasi;

Talabaning elektron baholash daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan);

Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;

Tanlovlar sovrindorligi haqida sertifikatlar;

Talabaga ilmiy rahbari tomonidan berilgan taqriz;

Xorijiy til sertifikati (mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar 5-iyundan 24-iyunga qadar qabul qilinadi

Tanlov Nizomi bu yerda 

"Universitet stipendiyasi"ga har bir fakultetdan 3 tadan o‘rin ajratiladi. Fakultet tomonidan tavsiya qilingan talabaning hujjatlari komissiya a'zolari tomonidan Nizom asosida ko'rib chiqiladi va stipendiyaga munosiblar bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

Qo'shimcha savollar va murojaat uchun telefon: +99893 581 39 19

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil