DIQQAT E'LON

Hurmatli 1-kurs kunduzgi ta'lim shakli talabalari diqqatiga

Universitetimizda Yozgi semestr o‘quv jarayonlari joriy yilning 1-iyunidan boshlanadi. Ushbu semestr faqat 1-kurs kunduzgi ta'lim shakli bo’yicha fanlardan akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etilib, 6 hafta ya’ni,

14-iyulga qadar davom etadi.

Yozgi semestrda ishtirok etish tartibi:

- Yozgi semestrda o‘qish istagini bildirgan talabalar avval kontrakt.edu.uz platformasidan kredit modul shartnomalarini shakllantirishingiz lozim.

- Shartnomada ko‘rsatilgan kredit to‘lovini amalga oshirgandan so‘ng,

4-iyunga qadar universitetning qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur.

- Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirganingizdan so‘ng, o‘quv jarayonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lasiz.

Eslatma: O‘quv jarayonida faol ishtirok etishingiz, darslarga o‘z vaqtida qatnashishingiz hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishingizni so‘raymiz.

qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Registrator ofis bo‘limi menejerlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil