DIQQAT E'LON

Xorijda ta’lim olish imkoniyati!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 4-maydagi xatiga asosan, 2025/2026-o‘quv yili uchun Hindistonning Haryana shtatidagi Maharishi Markandeshvar universiteti tomonidan stipendiya dasturi e’lon qilindi!

Ajratilgan kvotalar:

20 ta grant – onlayn ta’lim uchun

30 ta grant – an’anaviy (oflayn) ta’lim uchun

Ta’lim yo‘nalishlari:

Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kompyuter muhandisligi, biznes boshqaruvi, matematika, biotexnologiya, tibbiy laboratoriya texnologiyalari va boshqa sohalar.

Xarajatlar:

O‘qish bilan bog‘liq xarajatlar – Hindiston tomonidan qoplanadi

Ro‘yxatdan o‘tish (yiliga):

Onlayn ta’lim uchun: 200–250 $

An’anaviy ta’lim uchun: 250–500 $

Yotoqxona: 1000–1350 $/yil

Hujjatlar ingliz tiliga notarial tasdiqlangan tarjimada topshirilishi shart. Ariza va hujjatlar onlayn tarzda yuboriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Dr. Rahul Dev Gupta

Tel: +91 80599 30955 | +91 94162 67719

Email: rdgupta@mmumullana.org

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — xorijda sifatli ta’lim sizni kutmoqda!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil