DIQQAT E'LON

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termizda teatr premerasi o'tkaziladi

Surxondaryo viloyati aholisi va mehmonlari diqqatiga!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti tomonidan yurtimiz ahli uchun ma’naviy tuhfa tayyorlandi.

Bugun, 9-may kuni, soat 16:00 da, Termiz shahridagi San’at saroyida Qirg‘iz hamda jahon adabiyotining taniqli namoyondasi Chingiz Aytmatovning "Momo Yer" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Ushbu teatr asari insonparvarlik, ona zaminga muhabbat va insoniylik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bayram kunlarida yurtdoshlarimizni ma’naviy ozuqa va chuqur taassurotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Barcha yurtdoshlarimizni oila a’zolari bilan birga ushbu spektakl premerasi tomoshasiga taklif etamiz.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU talabalari Ayritom EIZda amaliy mashg‘ulotlarda

  • 2026-02-09
  • 19

Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida TerDU talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida

Batafsil

ALISHER NAVOIY — MA’NAVIYATIMIZNING MANGU TIMSOLI 

  • 2026-02-09
  • 30

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Batafsil

Termiz shahrida saylgoh ko‘chasi, Termiz tumanida oromgoh tashkil etish loyihalari bilan tanishildi

  • 2026-02-09
  • 19

Xabar berilganidek, Termiz shahri Jo‘yjangal mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy saylgoh tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil