TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 2022-YIL UCHUN OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIMGA QABUL E’LON QILADI

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnoma

VMQ 304-son 22.05.2017. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha ko‘p so‘raladigan savollar va ularga javoblar

TALABGOR TAQDIM ETADIGAN HUJJATLAR:

Ariza;

Ma’lumotnoma (ob’yektivka);

Mehnat daftarchasining tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi;

Oliy ma’lumot yoki fan nomzodi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

Ilmiy ishlar ro‘yxati (tegishli tartibda tasdiqlangan);

Dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar (PhD uchun kamida 1 maqola va 2 ta tezis, DSc uchun kamida 3 maqola va 2 ta tezis nusxalari);

Ilmiy rahbar (maslahatchi)ning yozma roziligi;

Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil tadqiqotchilar uchun);

IELTS guvohnomasi (agar mavjud bo‘lsa);

Pasport nusxasi;

6 ta fotosurat(3x4 sm. xajmda).

Hujjatlar 2021-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi

‼️ Eslatma: talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi veb-saytida (http://phd.mininnovation.uz) ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng hujjatlarni elektron (PDF) tarzda taqdim etadi (qog‘oz variantini barcha bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, doktoranturaga yoki tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar topshiradi)

Joriy yilda doktorantura imtihonlari an’anaviy (oflayn) tarzda oʻtkaziladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an’anaviy (oflayn) tarzda boʻlib oʻtadi.

Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya) oʻtkazish choralari koʻriladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.

Manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko‘chasi 43-uy,

Tel.: +998762231679, +998996790236, +998937612146

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 42

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 48

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 43

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil