DIQQAT, EʼLON!

“Ilhom” mukofoti sovrindoriga aylanmoqchimisiz?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.

“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi.

Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi hamda asosiy respublika (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqichlaridan iborat.

Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino, sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlarga rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz ishtirok etish imkoniyati mavjud!

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — BHMning 100 barobari;

2-o‘rin — BHMning 80 barobari;

3-o‘rin — BHMning 40 barobari.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel kuniga qadar oliy ta’lim tashkilotining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga ariza bilan murojaat qiling!

Ishtirok eting, ilmiy-ijodiy bilimlaringizni sinab ko‘ring!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil