DIQQAT, EʼLON!

Talabalarni TerDU hamda Malayziyaning nufuzli Utara universiteti (UUM) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan 10 kunlik qishki almashinuv dasturida ishtirok etishga taklif etamiz!

Ushbu dasturda Malayziya qonunchiligi va boshqaruv tizimi, qishloq xo‘jaligi, gastronomiya va til o‘rganish yo‘nalishlaridan birida bilim va tajriba orttirish, Global Buddies dasturi orqali mahalliy va dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan xalqaro talabalar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, zamonaviy kampus imkoniyatlaridan foydalanish, Malayziyaning ko‘p millatli gastronomiyasi, mahalliy hunarmandchiligi va milliy raqslar bilan tanishish, Kuala Lumpur shahri hamda qadimiy arxeologik yodgorliklar, Jerai Geoparki va Merbok daryosi bo‘ylab sayohatlar dastur davomida rejalashtirilgan.

Dasturning barcha jihatlari, jumladan, hujjat topshirish tartibi, moliyaviy va boshqa tashkiliy masalalar bo'yicha 2024-yil 12-dekabr kuni soat 14:00 da TerDU Axborot tehnologiyalari fakulteti binosining 105-xonasida xalqaro hamkorlik va akademik mobillik bo‘limi tomonidan axborot sessiyasi o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: +998 93 638 80 26

@Normuminov_Salokhiddin

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 30

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 37

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 75

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil