DIQQAT, EʼLON!

Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar diqqatiga!

Sizni "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz⚡

Maqolada quyidagilar qamrab olinishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining huquqiy tamoyillari;

Konstitutsiyaning davlat va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati;

Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari;

Konstitutsiya va huquqiy islohotlar;

Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda Konstitutsiyaning o‘rni.

Ishtirokchilar uchun talablar:

Ilmiy maqola o‘zbek tilida bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Hajmi: 3-5 bet, Times New Roman, 14 shrift, 1.5 interval.

Maqolada ilmiy manbalarga murojaat qilingan bo‘lishi lozim.

Ishlar original va plagiatga yo‘l qo‘yilmagan holda tayyorlanishi zarur.

Ushbu tanlovda qatnashib, o‘z ilmiy salohiyatingizni namoyish qilish, O‘zbekistonning huquqiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Erkin va farovon hayot garovi – Konstitutsiyamizni yanada chuqur o‘rganing va yuksak ilmiy yondashuv bilan ishtirok eting!

Maqolalar 2024-yil 7-dekabr kuni soat 10:00 gacha qabul qilinadi.

Maqolalar quyidagi telegram manzil orqali qabul qilinadi: @BOBUR_TOSHQOBILOV

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 31

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 37

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 75

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil