DIQQAT, EʼLON!

“Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam” onlayn viktorinasini e’lon qiladi.

Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.

Viktorinada ishtirokchilarga “Google Form” platformasi orqali Konstitutsiyaga oid 50 ta test savollari beriladi. Testlarni ishlash uchun 50 daqiqa vaqt belgilanadi.

Viktorina savollariga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar viktorina g‘olibiga aylanadi.

1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko'rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, test savollari havolasi 6-dekabr kuni soat 20:00 da @manaviyateduuz Telegram sahifasi orqali e’lon qilinadi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil