DIQQAT, EʼLON!

“Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi dasturchilik sohasini o‘rganayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Dastlabki bosqich 25-30-noyabr kunlari tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning o‘tkazilish muddati Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan belgilanadi.

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari:

1-o‘rin – 15 000 000 so‘m;

2-o‘rin – 10 000 000 so‘m;

3-o‘rin – 8 000 000 so‘m;

Nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng tezkor dasturchi” – 5 000 000 so‘m;

“Eng yosh dasturchi” – 5 000 000 so‘m;

“Eng murakkab dastur dasturchisi” – 5 000 000 so‘m;

“Eng omadli dasturchi” – 5 000 000 so‘m.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari:

1,- 2,- va 3-o‘rin g‘oliblari ta’lim muassasasi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish  

Eslatib o‘tamiz tanlovda ishtirokchilar C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript va boshqa dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar robocontest.uz platformasidan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil