DIQQAT, EʼLON!

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING QO'SHMA TA'LIM DASTURLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Hurmatli abituriyentlar,

2024-yil 20-noyabr kuni Termiz davlat universiteti va nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha birinchi bosqich suhbat imtihoni bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.

Suhbat imtihonlari quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Ertalab soat 8:00 da:

- Turizm va mehmondo'stlik

- Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili

- Iqtisodiyot

- Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti yo'nalishlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun.

Soat 14:00 da:

- Lingvistika: ingliz tili

- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti yo'nalishlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tadi.

Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti binosi, 105-xona.

Mo'ljal: Xalq banki Surxondaryo viloyat filiali ro'parasi.

Abituriyentlardan quyidagilar talab etiladi:

O'z vaqtida belgilangan joyga yetib kelish;

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelish;

Imtihon jarayoni tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilish.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:

Tel: +998 93 638 80 26, +998 93 076 22 25

Telegram: @Normuminov_Salokhiddin, @Iskandar_Salimov

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil