DIQQAT, EʼLON!

Talabalar uchun ajoyib amaliyot imkoniyati! Young Professional Internships Program 2025 (YPIP 2025).

Xalqaro amaliyot dasturida ishtirok eting va kelajakdagi muvaffaqiyatli karyerangizni boshlang!

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (ACIE) vakillari YPIP dasturiga oid taqdimot uchun Termiz davlat universitetiga tashrif buyuradi. Ushbu taqdimotda siz:

YPIP dasturining maqsadi va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olasiz;

Real amaliyot tajribasi uchun qanday sharoitlar mavjudligi bilan tanishasiz;

Dasturga ariza topshirish bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.

YPIP dasturi 2024-yilning yozida 105 nafar talaba uchun kichik va o‘rta biznes korxonalarida 3 oy muddatli amaliyot imkonini yaratadi. Dasturda ingliz tilidan kamida B2 darajasiga ega yuqori kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil: https://uzbekistan.americancouncils.org/ypi-en

ACIE mutaxassislari bilan uchrashuv: 2024-yil 18-noyabr kuni soat 11:00 da

Manzil: Termiz davlat universiteti, Yuridik fakulteti, faollar zali.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil