DIQQAT, DIQQAT!

2024/2025-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetiga o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan "Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tegishli tavsiyanoma"ga ega boʻlgan abituriyentlar diqqatiga!

Universitetda 2024/2025-o'quv yili uchun quyidagi:
- Buxgalteriya hisobi;
- Iqtisodiyot;
- Psixologiya;
- Tarix;
- Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ro'yxatdan o'tgan  abituriyentlarga joriy yilning 14-sentyabr kuni soat 09:00 da suhbat jarayonlari bo'lib o'tadi!

Suhbat jarayonlari universitetning Axborot texnologiyalari fakulteti (Qabul komissiyasi joylashgan) binosida boʻlib oʻtadi.

Suhbat jarayonlariga qatnashish uchun abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va belgilangan tartibdagi kerakli hujjatlar (diplom va ilova (asli), tavsiyanoma (asli), ish staji to'g'risidagi hujjat (tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi))ni olib kelishlari lozim.

Suhbat jarayonlariga oʻz vaqtida kechikmasdan keling!

Murojaat uchun tel: 76 228 03 40

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil