DIQQAT, DIQQAT!

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 2025-YIL UCHUN OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIMGA QABUL E’LON QILADI

Hujjatlar 2024-yil 15-sentyabrdan 15-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

Ariza;

Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);

Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;

Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);

Pasport nusxasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);

Til bo‘yicha milliy yoki unga mos xalqaro tan olingan sertifikat.

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://daraja.ilmiy.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga O‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Ariza;

Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda);

Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;

Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);

Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);

Pasport nusxasi;

Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi);

Til bo‘yicha milliy yoki unga mos xalqaro tan olingan sertifikat.

Qabul jarayonlari joriy yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha davom etadi.

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://daraja.ilmiy.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Eslatma: Talabgorlardan hujjatlar qabul qilinishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2017 yildagi 304-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 14-iyun 211-sonli buyrug‘i hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2024-yil 29-maydagi 3515-sonli qarorida belgilangan tartiblarga rioya etiladi. Talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi veb-saytida http://daraja.ilmiy.uz ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng hujjatlarni elektron (PDF) tarzda taqdim etadi (qog‘oz variantini barcha bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, doktoranturaga yoki tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar topshiradi)

Joriy yilda doktorantura imtihonlari an’anaviy (oflayn) tarzda oʻtkaziladi

Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya) oʻtkazish choralari koʻriladi.

Manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko‘chasi 43-uy,

Tel.: +998762223869, +998996790236

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma https://phd.mininnovation.uz/docs/applicants.pdf

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnoma https://phd.mininnovation.uz/videos/video-applicant.mp4

OneId tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘llanma https://www.youtube.com/watch?v=mjLWS6rQXX8

VMQ 304-son 22.05.2017. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida https://lex.uz/docs/3213410

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-sonli qarori https://lex.uz/docs/-5426736

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha ko‘p so‘raladigan savollar va ularga javoblar https://phd.mininnovation.uz/asked-questions

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat https://t.me/eduuz/23352

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining tegishli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati https://t.me/xushnudbek/24002

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish bo‘yicha ixtisosliklar kesimida

QABUL KVOTASI

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU talabalari yana bir bor mamlakat miqyosida o‘z salohiyatini namoyon etdi!

  • 2026-05-25
  • 14

Joriy yilning 22–24-may kunlari Toshkent shahrida yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” Respublika bosqichida

Batafsil

TerDU gandbolchilari yana bir bor yuksak natijalarni qayd etdi

  • 2026-05-24
  • 18

Surxondaryo viloyati mezbonligida o‘tkazilgan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining gandbol bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviya va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.

Batafsil

TerDU delegatsiyasi Xitoyning Szyansu universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi

  • 2026-05-23
  • 16

Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘afur Tog‘ayev boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda

Batafsil