DIQQAT DIQQAT!

Termiz davlat universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ariza topshirgan talabalar diqqatiga!

Kasbiy (ijodiy) imtihon bo'lib o'tadigan quyidagi:
“Dizayn: milliy kostyum”, 
“Sport faoliyati: kurash”,
“Sport faoliyati: valeybol”
ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ro'yxatdan o'tgan barcha talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon joriy yilning 16-avgust kuni soat 08:00 da imtihon ruxsatnomasida ko'rsatilgan hududlarda o‘tkaziladi.

Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil