Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrda 606-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq oliy
ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni tashkil etish tartibini belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, Nizomning 2-bob 9-bandida Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun test sinovi universitet kengashi qaroriga ko‘ra quyidagi fanlar majmuasi va baholash me’zoni asosida o‘tkaziladi.
1. Asosiy fanlar (Huquqshunoslik - 30 ta savol) – 126 ball
2. Majburiy fanlar (O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol, Ona tili - 10 ta savol, Matematika - 10 ta savol) – 63 ball.
Test sinovi bo‘yicha ajratilgan maksimal ball – 189 ball.
Ma`lumot uchun telefon: 76 228 03 40