Universitet kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar diqqatiga!

Joriy yilning 16-avgust kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tashkiloti O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining Termiz davlat universitetiga tashrifi rejalashtirilgan.

JICA tashkiloti bugungi kunga qadar yurtimizda ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va shu kabi ko‘plab sohalardagi loyihalarni moliyalashtirgan. 

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari tashrifi doirasida siz ustozlarda mavjud moliyalashtirilishi kutilayotgan loyihalarni ushbu agentlik tomonidan moliyalashtirilishi uchun tanishtirish imkoni mavjud.

Shu sababli universitet kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlarida mavjud amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalarni Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik bo‘limiga joriy yilning 14-avgustiga qadar taqdim qilishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @shohabbos_bozorov  919109696

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 36

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil