Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetining 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun hujjat topshirgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning 8-avgust kuni soat 08:00 da universitet qabul komissiyasi binosi (Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi)da bo'lib o'tadi.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
Psixologiya;
Tarix;
Menejment;
Fizika;
Matematika;
Sport faoliyati: dzyudo;
Sport faoliyati: yengil atletika;
Kompyuter lingvistikasi;
Yurisprudensiya;
Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya;
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili;
Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili;
Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili;

Barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy (2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.

Fan dasturlari ushbu havolada: https://tersu.uz/struct/view/1000362

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 35

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil