Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi

  • 2024-11-22
  • 45

TerDUda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida turli ko‘rinishdagi targ‘ibot tadbirlari, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda

Batafsil

“Islohotlar bilimdoni – 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi natijalari!

  • 2024-11-22
  • 38

Barcha g‘oliblarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Batafsil

Amaliy dars

  • 2024-11-22
  • 52

TerDU Tarix fakulteti talabalariga dars mashg‘ulotlari nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilmoqda

Batafsil