Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan izlanuvchan, bilimga chanqoq talabalar uchun yana bir imkoniyat!

2024/2025-oʻquv yilida "Universitet stipendiyasi" g'olibi bo'lishni istaysizmi? Unda hoziroq quyidagi hujjatlarni shakllantirishga kirishing. 

Maʼlumotnoma;
Kafedra va fakultet tavsiyanomasi;
Talabaning elektron baholash daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan);
Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
Tanlovlar sovrindorligi haqida sertifikatlar; 
Talabaga ilmiy rahbari tomonidan berilgan taqriz;
Xorijiy til sertifikati (mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar 5-iyundan 24-iyunga qadar qabul qilinadi
Tanlov Nizomi bu yerda

"Universitet stipendiyasi"ga har bir fakultetdan 3 tadan o‘rin ajratiladi. Fakultet tomonidan tavsiya qilingan talabaning hujjatlari komissiya a'zolari tomonidan Nizom asosida ko'rib chiqiladi va stipendiyaga munosiblar bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. 

Qo'shimcha savollar va murojaat uchun telefon: +99891 235 61 11

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 38

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 42

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 37

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil