DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan aqilli, zukko, chaqqon hamda notiqlik qobiliyatiga ega shaxslar va talabalar uchun Munozara debat bahs klubi tashkil etiladi!

Munozra debat bahs klubini tashkil etishdan maqsad shaxsning notiqlik mahoratini oshirish uchun turli debat va munozaralar orqali bilim hamda ko’nikmalarini amaliyotda qo’llshga ko’maklashishdir.

Ushbu klub sizga nima beradi?

1.  Notiqlik san’atini;
2.  Tadqiqiy malakalarni;
3.  Tashkiliy malakalarni;
4.  Tanqidiy fikrlash;
5.  Tinglash va tahlil qilish kabi malakalarni oshiradi


Klub a’zolari quyidagi tartibda tashkil etiladi: Spiker, spiker o’rinbosari, menejerlar, ekspertlar, parlamentariya

Munozara vaqtida ishtirokchilar berilgan mavzuga quyidagi tamoyillarga asosan yondashishlari kerak:

-  Chindillik
-  Hurmat-ehtirom
-  Ilmiylik
-  Xolislik
-  Yangilik kiritish
-  Zukkolik


Debat so‘ngida klub ekspertlari tomonidan jamolar tahlil qilinadi va g‘oliblar aniqlanadi.

Klubga a’zo bo’lish barcha uchun ixtiyoriy bo’lib buning uchun belgilangan platforma orqali murojaat qilishlari va shaxsiy ma’lumotnoma hamda to’lov to’langanligini tasdiqlovchi chek yoki unga tenglashtiriladigan hujjatni taqdim etishlari shart.

Talabgorlar hujjatlarini 6-noyabrdan 11-noyabrga qadar universitet yoshlar masalalari va ma'naviyat-ma'rifat bo'limiga topshirishlari so'raladi.

Batafsil ma’lumotlarni Munozara debat bahs klubi NIZOMIdan olishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil